Mahalla xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish kurslari

O‘quv kursining maqsadi – davr talabi asosida oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida mahalla xotin-qizlar faollarining kasbiy kompetentligi va kreativligini takomillashtirishdan iborat.

O‘quv kursning maqsadi va vazifalari

O‘quv kursining maqsadidavr talabi asosida oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida mahalla xotin-qizlar faollarining kasbiy kompetentligi va kreativligini takomillashtirishdan iborat. 

O‘quv kursining vazifalari mahallalar xotin-qizlar faollarining oila va xotin-qizlarga oid olib borilayotgan davlat siyosati, gender tengligi bo‘yicha O‘zbekiston siyosati, ta'lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oila tadbirkorligini rivojlantirish, kredit, subsidiya, lizing va moliya savodxonligini rivojlantirish, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, oilalarning forovonligini ta'minlashda milliy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, oilaviy ajrimlarning ijtimoiy oqibatlari va erta turmush, erta tug‘ruq va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa masalalar bo‘yicha kompetentligi va kreativligi ONLAYN tarzda takomillashtiriladi.

OFFLAYN tarzda esa ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish hamda reproduktiv salomatlik qoidalarini ommalashtirish, psixologik yordam ko‘rsatish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, tazyiq va zo‘rovonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda ishlash usullari, migratsiya va jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, oilalarni turli zararli holatlardan saqlash (radikallashuv, shar'iy nikoh, intervalsiz va otasiz farzand tug‘ish va h.k.) mexanizmlari, oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faollarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari hamda kompetentligini takomillashtirish yo‘nalishlari:

  • Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish, ta'lim olish va har tomonlama manzilli qo‘llab-quvatlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
  • oilaviy poliklinika mutaxassislari hamda mahallaga biriktirilgan doyalar bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlik qoidalarini, sog‘lom turmush tarzini, erta tug‘ruq, istalmagan homiladorlikni oldini olishga oid ishlarni keng targ‘ib qilish va sportni ommalashtirish;
  • xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini ta'minlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka jalb etish hamda hunarmandlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;
  • milliy va an'anaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, oilalarni mustahkamlash, undagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli va zo‘rovonlikka moyil, ziddiyatli oilalar bilan ishlash, mutassaddi tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlarning radikal oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanganlarni reablitatsiya qilish, profilaktika hisobidagi xotin-qizlar bilan ishlash, chet davlatlardagi ayollarni oilasiga qaytarish, ularning bandligini ta'minlashga ko‘maklashish;
  • xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mahalladagi “ettilik” bilan ish olib borish, mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ko'proq ko'rsatish Show less

Professional sertifikat oling

Ushbu malakangizni tasdiqlovchi sertifikatni profilingiz yoki rezyumegaga qo'shing

Uni ijtimoiy tarmoqlarda ulashing