O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti
Qo‘mita tizimi xodimlari, shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash
Mahalla xotin-qizlar faolining malaka oshirish onlayn va offlayn o‘quv kurslari o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi
Jami 18 ta kurs (36 soatlik), shundan 9 ta mashg'ulot 18 soatlik onlayn kurslarini tashkil qiladi
Har qanday joydan amaliy o'rganish, auditoriyaga kelib o’rganish talab qilinmaydi
“Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti tomonidan beriladi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gender tengligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Oila inson kamolotining bosh bo‘g‘ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyatimiz o‘zagi, negizidir. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davriga kelib O‘zbekiston o‘z istiqboli va kelajagini ta’minlashda oilani rivojlantirish, uni e’zozlash, zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham xotin-qizlarni ilm-fan, ta’lim va ilmiy-ijodiy faoliyatga keng jalb etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, ishlash istagidagi xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda rahbar lavozimlardagi ulushini oshirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mahalla faollarining malakasini oshirish dolzarb bo‘lmoqda.
“Oila o‘quv platformasi”ni yaratishdan maqsad Qo‘mita tizimi xodimlari, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollarining xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash, ular bilan tizimli ishlarni tashkil etish, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari uchun malakasini oshirish kurslari
Mahalla xotin-qizlar faollari uchun malakasini oshirish kurslari
Biz oflayn va onlayn o'quv mashg'ulotlari uchun moslashtirilgan interfaol ta'lim usullarini taqdim etishga ixtisoslashganmiz. Bizning yondashuvimiz qiziqarli va samarali ta'lim tajribasini yaratish uchun eng so'nggi texnologiyalar va innovatsion o'qitish amaliyotlarini birlashtiradi. Oflayn o'quv mashg'ulotlarida chuqur tushunish va olingan bilimlarni real hayotga tatbiq etish uchun tajribaviy o'rganish usullari, hamkorlikdagi loyihalar va amaliy mashg'ulotlar qo'llaniladi. Bizning raqamli platformamiz har bir talabaning ta'lim tajribasini individuallashtirish uchun moslashuvchan o'qitish texnologiyalari, interaktiv modullar va real vaqtda hamkorlik vositalarini o'z ichiga oladi. Ushbu komponentlarning integratsiyasi orqali biz o'rganishga moyilliklarning keng doirasini moslashtiramiz va rivojlanayotgan akademik muhitda tizim mutahasislarga o'zlarining eng yuqori qobiliyatlarini qo'lga kiritishlariga imkon beramiz.
Bizning platformamiz raqamli ta'lim texnologiyasidan foydalangan holda, mutaxasislar uchun o'ziga xos, dinamik onlayn muhitni taklif qiladi. Raqamli o’quv platformamiz real vaqtda onlayn kurslar, oldindan yozib olingan oʻquv mashgʻulotlari va hamkorlik loyihalari kabi bir qator taʼlim ishlarini osonlashtirish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Raqamli o’quv platformamiz pedagog o’qituvchilarimiz uchun kurslarni loyihalash, tinglovchilar ishtirokini darhol tahlil qilish va o'quv dasturlarini yaratish uchun uchun qulay vositalarni taqdim etadi. Bizning platformamiz interaktiv darslar, munozara forumlari va integratsiyalashgan baholash vositalari kabi bir qator funksiyalarni taklif etadi, bu esa uni raqamli ta’lim uchun to‘liq yechimga aylantiradi va har qanday foydalanuvchining talablarini qondirish uchun moslashtiriladi. Bizning maqsadimiz ta'lim tajribasini yaxshilash va rag'batlantiruvchi va do'stona onlayn hamjamiyatni yaratish orqali mukammal o'rganish natijalarini ishlab chiqarishdir.
Bizning platformamiz toʻliq avtomatlashtirilgan veb-ga asoslangan tizim boʻlib, oʻquvchilarning yutuqlarini baholash bo’yicha ilgʻor metodologiyalarini oʻz ichiga oladi. Platformamizning asosi murakkab algoritmlarga asoslangan boʻlib, isteʼdodlarni baholaydi, jumladan tenglovchilar ishining bir qancha elementlarini, jumladan ijodkorlik, muammoni hal qilish qobiliyati va tanqidiy fikrlashni hisobga olgan holda real vaqt rejimida taʼlim taraqqiyotini ham kuzatib boradi. Bizning platformamiz o'quvchilarga ularning kuchli tomonlari va rivojlanish yo'nalishlari haqida tezkor tushunchalar berib, avtomatik qayta aloqani osonlashtiradi, shuningdek, o'qituvchilarga inson bahosisiz taraqqiyotni kuzatish va boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, platforma baholash mezonlarini sozlash imkoniyatini taqdim etadi, xavfsiz test muhitini ta'minlaydi, boshqa ta'lim vositalari va tizimlari bilan uzluksiz ulanish imkonini beradi.
Pedagogik faoliyati bo‘yicha 100 dan ortiq ilmiy-nazariy va uslubiy ishlar chop ettirgan, shu jumladan 2 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 20 dan ortiq “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarda nashr etilgan uslubiy, ilmiy qo‘llanmalar muallifi. Ilmiy maslahatchiligida 2009-yilda yaponiyalik Asuka Kavano “Mahalla va uning ta‘limiy roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2007–2011-yillarda OT-F8-214-raqamli “Talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish” va ITD-4-122-raqamli “Yuksak ma‘naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish”, 2017-2020-yillarda A-OM-2021-551-“Talabalar ma‘naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-fundamental loyihalarga rahbarlik qilgan. UNESCO tomonidan ta‘sis etilgan va Xitoy Xalq Respublikasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Gender Assessment in Teacher Education in Asia” loyihasida ishtirok etgan. Shuningdek, 2021-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish gender tadqiqotlar gender.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaga rahbarlik qilmoqda hamda shu yili xalqaro ilmiy baza (SCOPUS) da 2 ta maqola, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 9 ta tezis va 2 ta monografiyasi chop etilgan.
Musurmanova Aynisa 1952-yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Pedagogika fanlari doktori, professor, XDP a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat ko‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “O‘zbekistan belgisi” ko‘krak nishoni, Birinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ”Xalq ta’limi a’lochisi”, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi, Ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” va “Mo‘tabar ayol”, ”Ma’rifat fidoyisi” ko‘krak nishonlari mukofati sovrindori.
A.Musurmanova pedagogika ilmida uzluksiz ta’lim tizimida umuminsoniy va milliy qadriyatlar vositasida yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirish, oilada sog‘lom avlodni tarbiyalash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish hamda bola farovonligini ta’minlash muammolari bo‘yicha pedagogika sohasida o‘zining ilmiy maktabini yaratgan.
2021-yil 28 sentyabrdan hozirga qadar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
1996 – 2001-yillar davomida Nukus davlat pedegogika instituti bakalavriat bosqichi, 2001 – 2003-yillar davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti magistratura bosqichida, shuningdek, 2003 – 2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspirantura bosqichida tahsil olgan. X. Abduramanov oila demografiyasi va mehnat iqtisodiyoti bo‘yicha 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
2007-yilda “O‘zbekistonda qariyalarni ijtimoiy himoya qilishning demografik asoslari” mavzusida fan nomzodi, 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda demografik jarayonlarni tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida fan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yildagi “Oliy ta‘lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovi g‘olibi.
2017–2020-yillarda BF-1-028 – “Demografik xavfsizlik jihatidan oilani mustahkamlash muammolarini tadqiq etishning konseptual asoslari” mavzusidagi fundamental, 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170928644 – “O‘zbekiston qishloq aholisini ish bilan ta‘minlash muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha ijrochisi. Shuningdek, X.Abduramanov BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan moliyalashtirilgan 2 ta xorijiy loyihaga rahbarlik qilgan.
Mokva davlat xalqaro munosabatlar institutida “Migratsionniye mosti v Yevrazii: novaya migratsionnaya realnost v epoxu COVID-19” mavzusidagi XIII xalqaro ilmiy-amaliy forumdagi va Italiyaning Rim shahrida “Hayot davomida birdamlik va teng imkoniyatlar uchun kuchlarni birlashtirish” mavzusidagi konferensiya ishtirokchisi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Davlat va huquq asoslari” kafedrasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Huquqshunoslik fakulteti “Fuqarolik protsessi” kafedrasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlari” kafedrasida pedagogik va ilmiy faoliyat yuritgan. “O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy shartnomani qo‘llashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari” (2020–2021-y.) hamda “Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish holati samaradorligini yana-da oshirish masalalari” (2021-y.) mavzusidagi loyihalarga rahbarlik qilgan. BMT “Aholishunoslik” jamg‘armasi (UNFPA)ning “O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida erta nikoh, erta homiladorlik va abort sabablari, omillari va oqibatlari” loyihasi huquqshunos-eksperti (2021-y.). “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish “gender.tadqiqot.uz” elektron platformasini yaratish” hamda A-OM-2021-550 – “O‘zbekiston Respublikasida erta turmush va erta tug‘uruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo‘yicha multimediya mahsulotlarini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
“Mahallalarda xotin-qizlar faollari hamda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishning ilmiy va amaliiy masalalari” (2022-yil) mavzusidagi loyihaga rahbarlik qilmoqda.
40 dan oshiq ilmiy ishlar, jumladan, 1 ta monografiya, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 35 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
Ilmiy yo‘nalishlari: yurisprudensiya, fuqarolik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq, biznes huquqi, gender tengligi.
Mukofotlar: “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni.
2007-2011-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Iqtisod va moliya” mutaxassisligi bo‘yicha, 2011-2013-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Moliya” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Ilmiy yo‘nalishlar: demografiya, iqtisodiyot, moliya, marketing va taʼlim. Faoliyati davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi katta o‘qituvchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi o‘qituvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi iqtisodiyot o‘qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi” kichik ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. Ilmiy ishlar: 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta analitik ishlanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar (jumladan, 30 ga yaqini xorijda). Ingliz va rus tillarini mukammal biladi, 10 dan ortiq xalqaro va milliy sertifikatlar egasi. OT-F1-22-raqamli “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va zaxiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha, A-OM-2021-551-sonli “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish gender tadqiqotlar gender.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. “Baxtiyor oila” veb-portalini yaratish va “Demografiya milliy portalini yaratish” mavzularidagi ilmiy loyiha raxbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Rossiya Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi tomonidan “Население и развитие. Уровен 2 и 3” kurs tinglovchisi, BMT tomonidan tashkil qilingan xavfsizlik bo‘yicha xabardorlik yuzasidan onlayn trening –“BSAFE” bitiruvchisi va Kolumbiya universiteti “Poverty and Population: How Demographics Shape Policy” mavzusida kurs bitiruvchisi.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning “Sotsiologiya” bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi sotsiolog, sotsiologiya fani o‘qituvchisi.
Faoliyati davomida O‘zMU sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sotsiologik tadqiqotlar va xatlar bilan ishlash” bo‘limi katta muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Axborot-tahlil” bo‘limi bosh mutaxassisi.
Buyuk Britaniyaning Reding universiteti, Germaniyaning Biyelyefeld universiteti, Rossiya iqtisodiyot maktab (RESh)larida malaka oshirgan.
UNESCOning “Har dardning davosi bor”, “Shahar bekatlari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbari, “Pakistan-Afganistan Cross-Border Survey” mavzusidagi loyiha ishtirokchisi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish “gender.tadqiqot.uz” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchisi.
Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodi va texnikasi; ijtimoiy statistika; tadbirkorlik sotsiologiyasi; sotsiogerontologiya ilmiy yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
30 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro va respublika ilmiy jurnallari hamda konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. 2 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanat dispetcheri, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Etika va estetika” kafedrasi o‘qituvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Etika va estetika” kafedrasi tayanch doktoranti sifatida mehnat faoliyatini olib borgan.
“Jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish holati samaradorligini yana-da oshirish masalalari” (2021-y.) loyihasida ishtirok etgan.
“Oilaviy ajralishlarni kamaytirish hamda turmushda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirishning ilmiy-amaliy jihatlari (sotsiologik tahlil asosida)” hamda A-OM-2021-550 – “O‘zbekiston Respublikasida erta turmush va erta tug‘uruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo‘yicha multimediya mahsulotlarini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
Ilmiy yo‘nalishlar: falsafa, etika, estetika, aholi migratsiyasi, dinshunoslik, kasb etikasi, ritorika, notiqlik sanʼati, gender tenglik.
Ilmiy faoliyati: 20 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
Mehnat faoliyati: Samarqand viloyati Ishtixon tumani 88-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi yoshlar muammolari instituti katta mutaxassisi, Yoshlar muammolari instituti qoshidagi “Zakovat ilm” markazi ilmiy tadqiqotchisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bosh ilmiy xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, O‘zbekiston davlat sanʼat instituti maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha prorektor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (lektor), Samarqand davlat chet tillar institutining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bosh mutaxassisi.
Yo‘nalishlar: Taʼlim va tarbiya nazariyasi, konfliktologiya, mediatsiya, davlatning talaba-yoshlar siyosati, siyosiy partiyalar harakati.
Jamoatchilik faoliyati: S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti talabalar turar joyi kengashi “Adolat” SDP targ‘ibotchi.
Eʼlon qilingan ishlar: 60 dan ortiq kitob, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va maqolalar nashr qilingan.
Jabbarov Ulug‘bek Abduraxmanovich 1985-yil 8-sentyabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat ko‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi. 2012-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini (O‘zDJTU) (diplom bo‘yicha mutaxassisligi – Lingvistika) tamomlagan. 2012-yilda Jizzax davlat pedagogika institutida ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 2021-yil sentabrdan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 5A111401-Xorijiy til (ingliz tili) talabalari (o‘quvchilari) uchun tavsiya etilgan “ESP PART I” darsligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-193-sonli buyrug‘iga asosan 5111400-Xorijiy til va adabiyotining talabalari uchun «Stylistics» o‘quv qo‘llanmasi muallifi. 2021-yilda Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida TEFL/TESOL malaka oshirish kursida malaka oshirgan. 2023-yilda Buyuk Britaniyaning Norvich tillar o‘qitish markazida stajirovka o‘tagan. Jabbarov Ulug‘bek Abduraxmanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘plab ilmiy maqolalari respublika va xalqaro hamda SCOPUS bazasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Bir qancha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, “ESP PART 1”, “Til aspektlarini o‘rgatish amaliyoti kompetensiyasi”, “Nutq malakalari integratsiyasi” kabi darsliklar muallifi. 2024-yildan hozirga qadar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.
Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘qituvchisi, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bo‘lim metodisti, boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Yo‘nalishlar: umumiy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, tarix, taʼlim va tarbiya nazariyasi metodikasi, taʼlim tizimi menjmenti.
Malaka oshirish: “Ijtimoiy bosim – yosh olimlar nigohida” Qishki maktab va “Demografik imkoniyatlar: baholash, chaqiriq va istiqbollar” yozgi maktabda hamda “Mahalla va oila institutlarini rivojlantirishda gender yondashuv” mavzusidagi qishki maktabda hamda “Davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish kursida o‘qigan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar va viloyatlarning Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshliqlari va boshqarmaning Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassislari uchun “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi va mt.moiti.uz. elektron platformasi tashkilotchisi hamda 2 ta – “Turmushga chiqmagan qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlash”, “Maktab yoshidagi qizlar bilan ishlash” o‘quv-uslubiy qo‘llanma hammuallifi.
Ilmiy ishlari: 20 dan ortiq maqola va tezislari Xalqaro va respublika ilmiy jurnallari va konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. Jumladan, “Oilada barqaror ijtimoiy muhitni yaratishda maishiy-gigiyenik funksiyaning o‘rni” nomli hamda “Ayollarga birinchi psixologik yordam ko‘rsatish” nomli Ilmiy-uslubiy qo‘llanma hammuallifligida chiqarildi.
Mualliflik guvohnomasi:
Mahalla fuqarolar yig‘inlarida boshqarish va ish yuritish bo‘yicha mamlakatimizda va xorijda olib borilgan ishlar tahlili, “Xotin-qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlashning amaliy-metodologik asoslari” platformasi, “Mahalla” konseptiga doir o‘zbek tili elektron tezaurusining dasturiy taʼminoti,“Mahallalarda kitobxonlik madaniyaatini rivojlantirish” nomli dasturi va “Ayollarga birinchi psixologik yordam ko‘rsatish” nomli dastur.
Toshkent shahar yunusobod tuman 86-maktab psixologi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, "Oila va gender" ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim sifatida mehnat faoliyatini olib brogan.
"Boqimandalikni kamaytirish-kambag‘allikni bartaraf etishni asosi sifatida”, “Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda qaynonalarning o‘rnini mustahkamlash” (2023-y.) loyihasida ishtrok etgan.
Ilmiy yo‘nalishlar: amaliy psixolog, oila psixologiyasi, tadqiqotchi, pedagog.
Ilmiy faoliyati: 15 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Raqamli ta'lim platformasi - bu interaktiv vositalar va resurslar orqali o'qitish va o'quv jarayonlarini osonlashtiradigan onlayn tizim bo'lib, tinglovchilarga istalgan joydan va istalgan vaqtda ta'lim jarayoniga kirish imkonini beradi.
Ro'yxatdan o'tish uchun veb-saytimizga tashrif buyuring, "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing va ro'yxatdan o'tish jarayonini kuzatib boring, buning uchun ba'zi asosiy shaxsiy ma'lumotlar va foydalanuvchi o’zining shaxsiy kabinetini yaratish kerak bo'ladi.
Bizning platformamiz kasbiy ehtiyojlarga javob beradigan mahallalar xotin-qizlar faollariga oila va xotin-qizlarga oid olib borilayotgan davlat siyosati, gender tengligi bo‘yicha O‘zbekiston siyosati, ta'lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oila tadbirkorligini rivojlantirish, kredit, subsidiya, lizing va moliya savodxonligini rivojlantirish, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, oilalarning forovonligini ta'minlashda milliy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, oilaviy ajrimlarning ijtimoiy oqibatlari va erta turmush, erta tug‘ruq va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, mahalla xotin-qizlar faollari uchun zamonaviy ko’nikmalar va imiji kabi keng koʻlamli mavzularni taklif etadi.
Ha, bizning platformamiz foydalanuvchilarga smartfonlar, planshetlar va noutbuklar kabi ko'plab qurilmalarda osongina kirish imkonini beradi. Bu barcha platformalarda muammosiz va uzluksiz o'rganish tajribasini kafolatlaydi.
Platforma internetga ulanishni talab qiladi va Google Chrome, Firefox, Safari va Edge kabi zamonaviy brauzerlar bilan mos keladi. Eng yaxshi tajriba uchun yangilangan dasturiy ta'minotga ega qurilmalardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Ha, biz barcha foydalanuvchilarga texnik yordam beramiz. Siz bizning qo'llab-quvvatlash guruhimizga elektron pochta, telefon yoki veb-saytimizda jonli chat orqali murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, bizda muammolarni bartaraf etish bo'yicha maslahatlar va foydalanuvchi qo'llanmalarini o'z ichiga olgan keng qamrovli yordam markazi mavjud.
Har bir mashg’ulot yakunida testlardan muvaffaqiyatli o’tgandan so’ng tinglovchilar avtomatik baholanadi.
Albatta, bizning platformamiz tenglovchilarni jalb qilish va o'quv jarayonini yaxshilash uchun videoma'ruzalar, hamkorlik loyihalari, muhokama forumlari va o'yinlashtirilgan o'quv modullari kabi interaktiv elementlarni o'z ichiga oladi.
Ha, kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, ishtirokchilar raqamli sertifikat olishlari mumkin, uni to'g'ridan-to'g'ri platformadan yuklab olish mumkin.
Biz maʼlumotlar xavfsizligini zamonaviy shifrlash va maʼlumotlarni himoya qilishning xalqaro qoidalariga muvofiqligini birinchi oʻringa qoʻyamiz. Foydalanuvchi ma'lumotlari ruxsatsiz kirish va buzilishlardan himoyalangan.
100000, «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 51 uy.
+998(94)-007-04-40;
https://t.me/Bobur_Khanturaev
idmon.88@gmail.com
“Oila va gender” instituti © 2024. Barcha huquqlar himoyalangan.
Sayt yaratuvchisi Eson.uz